Tabiiy fanlar

GAZ-KIMYO MAJMUASI CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASHNING TEXNIK-IQTISODIY ASOSLARI: USTYURT GAZ-KIMYO MAJMUASI MISOLIDA

gaz-kimyo majmuasi, chiqindilarni qayta ishlash, texnik-iqtisodiy baholash, tar mahsuloti, polimer sanoati

Mualliflar

Ushbu tadqiqot ishida Ustyurt gaz-kimyo majmuasining polimer ishlab chiqarish bo‘limida hosil bo‘ladigan tar mahsuloti chiqindilarini qayta ishlashning texnik-iqtisodiy jihatlari tahlil qilingan. Yiliga 8000 tonna mahsulot ishlab chiqaradigan zavod kuniga 10-12 tonna tar chiqindisi hosil qiladi. Laboratoriya tadqiqotlari natijasida 2 kg tar mahsulotidan 1 litr qozonxona yoqilg‘isi va 830 gramm uglerodli material olingan. Iqtisodiy hisob-kitoblar qayta ishlash zavodining 3-4 yil ichida o‘zini qoplash imkoniyatini ko‘rsatmoqda. Texnologik jarayon optimallashtirish va investitsiya samaradorligi baholangan.