Tabiiy fanlar

QATLAM SUVLARINING MINERAL TARKIBINI OʻRGANISH VA ULARDAN SANOATDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Mualliflar

  • Nuriddin KENJAYEV, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Fan va Taraqqiyot DUK tayanch doktoranti, Uzbekistan

Mazkur ishda neft konlaridagi qatlam suvlarining tarkibi, ularni foydali elementlar – litiy va magniyni ajratib olish manbai sifatidagi ahamiyati hamda qayta ishlash texnologiyasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga koʻra, qatlam suvlari yuqori minerallashuv darajasiga ega boʻlib, unda Li (14,6 mg/dm³) va Mg (2188,8 mg/dm³) konsentratsiyasi aniqlandi. Shu asosda shoʻr suvdan litiy va magniyni ajratib olish uchun samarali, energiya tejamkor texnologik sxema ishlab chiqildi. Jarayon tindirish, ohak bilan ishlov berish, elektroliz va alyuminiy gidroksid bilan choʻktirish bosqichlarini oʻz ichiga oladi.