Tabiiy fanlar

QINIR UCHASTKASI (SHIMOLIY TOMDITOV) TOG‘ JINSLARINING KOMPLEKS GEOKIMYOVIY TAHLIL NATIJALARI

Qinir, Tamditov, ICP-MS, ma’danli elementlar, klark qiymati, litofil elementlar, reniy, molibden, geokimyoviy anomaliyalar.

Mualliflar

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan “O‘zbekistonda olmos sanoatini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni asoslash, rejalashtirish va amalga oshirish” mavzusida tuzilgan shartnoma doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari jarayonida Qinir maydonidan olingan namunalar geokimyoviy jihatdan o‘rganildi. Qinir maydoni (Tomdi tumani) hududidan olingan 71 ta namunaning ICP-MS tahlili natijalari qayta ishlandi. Har bir aniqlangan kimyoviy element uchun uning miqdori yuqori kontinental qobiqning klark qiymatlariga nisbatan (Vinogradov, 1962 bo‘yicha) hisoblab chiqildi. Bunday yondashuv ijobiy va salbiy geokimyoviy anomaliyalar spektrini aniqlash, ularning ifodalanish darajasini baholash hamda turli geokimyoviy guruhlarda elementlarning tarqalish xususiyatlarini belgilash imkonini berdi.