Tabiiy fanlar

SIRDARYO VILOYATIDA SHAHARLASHUV JARAYONLARINI SHAKLLANISHINING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

aholi, shahar, urbanizatsiya, qishloq, aholi punkti, transport, migratsiya.

Mualliflar

Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatining shaharlar tizimi, ularning shakllanish jarayonlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda viloyat hududida mavjud beshta shaharni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy omillar aniqlangan. Shuningdek, shaharlarning hududiy joylashuvi, ularning viloyat hamda tuman darajasidagi boshqaruvga bo‘ysunishi, viloyatdagi urbanizatsiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.