Tabiiy fanlar

ZAMONAVIY GAT DASTURLARI YORDAMIDA MAVZULI KARTALAR KOMPONOVKASINI ISHLAB CHIQISH

karta, karta elementlari, komponovka, komponovka maketi, dizayn, kartani jihozlash, GAT, masshtab

Mualliflar

Karta komponovkasi tushunchasi karta joylashgan varaq yoki ekran maydonida uning barcha elementlarini joylashtirishni tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Karta elementlariga kartografik tasvir bilan birga, masshtab, legenda, karta nomi, shimol strelkasi, mualliflar, manbalar, nashr yili va joyi haqidagi ma’lumotlar, qo‘shimcha karta va ma’lumotlar kabilardan iborat bo‘lib, ular barchasi birgalikda bir butun yaxlit kartani tashkil etadi. Karta – bu shunchaki tasvir emas, balki Yer yuzasi yoki uning biror qismining, shuningdek boshqa osmon jismlarining matematik qurilishga va o‘z “til”i (kartografik shartli belgilar)ga ega bo‘lgan, kichraytirilgan va umumlashtirilgan tekislikdagi tasviridir. Aynan karta elementlari uning foydalanuvchilariga kartani o‘qish va undan foydalanishga yordam beradi. Kartaning to‘g‘ri va muvaffaqiyatli komponovkasi nafaqat uni estetik jozibadorligini ta’minlaydi, balki foydalanuvchi bilan samarali muloqotni ta’minlaydi. Shu jihatdan, ushbu maqolada zamonaviy GAT dasturlaridan biri hisoblangan ArcGIS Pro yordamida komponovka maketlarini ishlab chiqishning ayrim jihatlari ochib berilgan.