Tabiiy fanlar

para-NITROBENZOY KISLOTA VA ETILENDIAMIN ASOSIDA Co(II), Ni(II) VA Cu(II) IONLARNING KOMPLEKS BIRIKMALARI SINTEZI VA TUZILISHINI O‘RGANISH

para-nitrobenzoy kislota, etilendiamin, koordinatsiya markazi, koordinatsion tugun, koordinatsiyalanish yo‘llari, IQ-spektroskopiy, rentgenstrukturaviy analiz, monokristal, fazoviy tuzilishi, bog‘ tabiati, poliedr geometriya, bog‘ uzunliklari va valent burchak.

Mualliflar

So‘nggi yillarda koordinatsion kimyo sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar biofaol organik moddalar asosida olingan 3d-metall komplekslariga qiziqishni yanada kuchaytirmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bunday kompleks birikmalar nafaqat fundamental kimyoviy tadqiqotlar uchun, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Xususan, ular fungitsidlar, antimikrob preparatlar va o‘simlik o‘sishini stimulyatorlar sifatida keng qo‘llanilib, qishloq xo‘jaligi hamda farmatsevtika sanoatida istiqbolli yo‘nalishlardan birini tashkil etmoqda [1–3].