Tabiiy fanlar

TIC 166672575 O‘ZGARUVCHAN YULDUZINING DASTLABKI FOTOMETRIK TAHLIL NATIJALARI

Photometry, variable stars, obliterating variable, brightness curve, frequency analysis, orbital period

Mualliflar

Ushbu maqolada TIC 166672575 to‘siliuvchan o‘zgaruvchan yulduz tizimining Maydanak observatoriyasi va TESS kuzatuvlaridan olingan fotometrik ta‘hlil natijalari keltirilgan. MAO va TESS kuzatuv ma’lumotlari asosida bu tizimning orbital aylanish davri 0.1929278962 sutkaga teng ekanligi aniqlandi. Kuzatuv ma’lumotlari alohida tahlil qilinganda aylanish davrlar orasidagi farq 3 sekundni tashkil etti. Bu natija bizning va kosmik teleskop kuzatuv natijalari o‘rtasidagi yuqori moslikni ko‘rsatdi. TIC 166672575 yulduz tizimining ravshanlik egri chiziqlaridagi assimetriya O’Connell effekti belgilari mavjudligini ko‘rsatmoqda