Tabiiy fanlar

EFFECT OF FERTILIZER COMPOSITION AND APPLICATION TIMING ON GRAIN YIELD AND QUALITY OF WINTER WHEAT

winter wheat, split nitrogen application, foliar feeding, well-decomposed manure (FYM), potassium, phosphorus, grain protein, gluten, economic efficiency

Mualliflar

Sug‘oriladigan sharoitda kuzgi bug‘doy uchun mineral (NPK), organik (chirindi go‘ng) va biostimulyatorlardan integral foydalanish hamda oziq moddalarni fenologik fazalar bo‘yicha taqsimlab kiritish (split N)ning hosildorlik va don sifatiga ta’siri baholandi. 2024 yilda Jizzax viloyati Zafarobod va Do‘stlik tumanlarida maydon sinovlari o‘tkazildi. Hosildorlik 62–75 s/ga oralig‘ida, ishlab chiqarish sinovida “Grom” navida 75 s/ga qayd etildi; iqtisodiy hisob-kitoblar gektariga 3,12–12,97 mln so‘m sof foydani ko‘rsatdi. Split azot (3–4 marta) va antezisda kech mavsum barg orqali N qo‘llash, global meta-tahlillar bilan uyg‘un tarzda, hosilni o‘rtacha 3–8%, don oqsilini 4–9% oshirdi [2-4]. Organik-mineral integratsiya (masalan, 10 t/ga CHG + ≈26 kg P/ga) hamda muvozanatli K kiritish N samaradorligi va texnologik ko‘rsatkichlarni yaxshiladi. Natijalar O‘zbekiston sharoitida milliy o‘rtacha hosil (≈4,6–5,2 t/ga)dan yuqori amaldagi hosilga yetilish mumkinligini ko‘rsatadi.