Tabiiy fanlar

ANTRATSENNI NITRAT KISLOTA YORDAMIDA ANTRAXINONGACHA OKSIDLASH

antratsen, antraxinon, oksidlash, azot kislotasi, IQ-spektroskopiyasi.

Mualliflar

Ushbu ishda antrasenni turli oksidlovchilar yordamida oksidlab, 9,10-antraxinon olish jarayoni o‘rganildi. Tadqiqotning dolzarbligi antraxinonning bo‘yoqlar sanoatidagi muhim oraliq mahsulot sifatidagi ahamiyati bilan belgilanadi. Metodologik yondashuv sifatida turli oksidlovchilar ishtirokida reaksiyalar olib borilib, ularning samaradorligi tahlil qilindi. Natijada kislorod ishtirokida 56% azot kislotasi bilan oksidlash orqali, yuqori unumda antraxinon olish imkoniyati ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari asosida antrasenning markaziy 9,10-holatidagi vodorodi faollikka ega ekanligi aniqlandi.