Tabiiy fanlar

FIBROIN ASOSIDA OLINGAN SORBENTLARINING SORBSION XOSSALARI

Sorbent, fibroin, sorbsiya, polimer-erituvchi, Gibbs energiyasi, De Bur Svikker modeli

Mualliflar

Ushbu maqolada fibroin va u asosida olingan sorbent namunalarining sorbsion xossalarini о‘rganish bо‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu sorbentlar spetsifik xossaga ega bо‘lib tarkibida kutbli funksional guruhlar mavjud bо‘lganligi bois turli toksik tabiatga ega bо‘lgan zararli moddalarni sorbsiya qilish xossasiga ega hisoblanadi. Sorbsiya jarayonida ular tarkibidagi turli о‘lchamdagi g‘ovaklar va reaksion faol funksional guruhlar qatnashadi. Shu bois ularning sorbsion xossalari asosida sorbent namunalarining g‘ovaklar о‘lchami va polimer-erituvchi ta’sirlari tadqiq qilindi.