Tabiiy fanlar

NAYMANSOY DARYOSIDA UCHROVCHI SCHIZOTHORAX EURYSTOMUS KESSLER, 1872 TURINING UZUNLIK–VAZN MUNOSABATLARI

Schizothorax eurystomus, uzunlik–vazn munosabatlari, So‘x daryosi, Naymansoy.

Mualliflar

Sirdaryoning irmog‘i bo‘lgan Naymansoy, So‘x daryosining davomidir. Ushbu suv havzasida yashovchi Schizothorax eurystomus
Kessler, 1872 turining uzunlik–vazn munosabatlari (LWR) birinchi marotaba o‘rganildi. Mazkur tadqiqot natijalari baliqlarning
biologik xususiyatlarini aniqlash hamda baliq zaxiralari haqidagi bilimlarni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Baliq
namunalari 2025-yil iyul oyida to‘plandi. Olingan tahlillar natijasida LWR tenglamasidagi b koeffitsienti ≈ 2,8 ga teng bo‘lib, bu
yuqori aniqlanish koeffitsienti (r²) bilan allometrik o‘sishni ko‘rsatdi. Ushbu parametrlar baliq populyatsiyalarining nisbiy holatini
baholash, shuningdek, baliqchilik va zaxira boshqaruvi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.