KO‘KDALA TUMANI AHOLISINING XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA BANDLIK XUSUSIYATLARI
##submission.downloads##
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati hamda Ko‘kdala tumanida aholiga xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanish holati, uning aholi bandligi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda 2022–2024-yillar davrida xizmatlar hajmining o‘sish dinamikasi, tumanlar kesimidagi farqlar va hududlararo nomutanosibliklar o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, viloyat miqyosida xizmatlar sohasi jadal rivojlanib, 2024-yilda 43 221,2 mlrd so‘mlik hajmga yetgan bo‘lsa-da, ayrim tumanlarda, xususan, Ko‘kdala tumanida bu jarayon sust kechmoqda. Hududda iqtisodiy infratuzilmaning rivojlanmaganligi, aholining to‘lov qobiliyati pastligi va xususiy sektor faolligining yetarli emasligi o‘sish sur’atlarini cheklab turuvchi asosiy omillar sifatida qayd etilgan. Shu bilan birga, xizmatlar tarmog‘ining kengayishi mintaqa aholisining bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda muhim omil ekani ta’kidlangan.
1. Soliyev A. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari. – T., 1995.
2. Soliyev A.S. O‘zbekiston geografiyasi (O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) / Darslik.- T.: Universitet, 2014. – 404 b.
3. Qodirov R.B. Aholi bandligi va uning mintaqaviy xususiyatlari // O‘zbekiston Yevrosiyo makonida: geografiya, geoiqtisodiyot, geoekologiya. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – T., 2017. – B. 213-216.
4. Qurbonov Sh. Qishloq tumanlarining iqtisodiy salohiyati va ularning ixtisoslashuvi // O‘zbekiston Geografiya jamiyati axboroti. 36 - jild. – T., 2010. - B.112-116.
5. Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..


.jpg)

.png)









