Tabiiy fanlar

CHOTQOL TOG‘INING JANUBI-G‘ARBIY TARMOQLARIDA CHAPCHA-KESKIN SOYI ANDEZIT, DIABAZ VA KREMNIY-KARBONATLI JINSLARINING METASOMATIK O‘ZGARISHLARI

Chapcha-Keskin, oksidlanish zonalari, xususiyatlari, metallar, minerallashgan, sulfidli, xloritlashgan, o‘zgarishlar, granitoidlar, andezit, diabaz.

Mualliflar

Hozirgi kunda jahonda tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ma’danlarning nurash qobiqlari va oksidlanish zonalarining geokimyoviy xususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biroq, geologik tuzilishning yashirin endogen ma’danlashuvning mineral-geokimyoviy xususiyatlari bilan bog‘liqligini asoslash ularning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu borada, nurash qobiqlari va oksidlanish zonalarining geokimyoviy xususiyatlari asosida istiqbolli maydonlarni aniqlash, soha ehtiyojlarini qondira oladigan qimmatbaho metallarning yangi konlarini ochish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi alohida ahamiyat kasb etadi