Tabiiy fanlar

TOSHKENT VILOYATI SHAROITIDA QAFAS USULIDA YETISHTIRILAYOTGAN KAMALAK GULBALIQNING CROSS LINIYASI VA TRIPLOID SHAKLINING O‘SUVCHANLIK KO‘RSATKICHLARINI AMALIY-STATISTIK BAHOLASH

Kamalak gulbaliq, akvakultura, kross liniya, triploid shakl, sadok, tana massasi.

Mualliflar

Ushbu maqolada Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Golden Fish” fermer xo‘jaligida 2025-yil iyul - avgust
oylarida o‘tkazilgan tajriba natijalari keltirilgan. Amaliyot davomida sadoklarda parvarishlanayotgan kross liniya va triploid shakli
kamalak baliqlarning o‘sish ko‘rsatkichlari, tana massasi va ichki organlar ulushi o‘rganildi. Natijalar tahlili kross liniyasi umumiy
tirik massa yuqori bo‘lsa-da, triploid shaklda sof tana massasi va go‘sht ulushi nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek,
triploid baliqlarda tuxumdonlar rivojlanmaganligi sababli ularning steril xususiyati tasdiqlandi