Tabiiy fanlar

ENDOFITIK MAKROKOLONIYALARNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI GINKGO BILOBADAN AJRATILGAN IZOLATLAR

endofit zamburugʻlar, Ginkgo biloba, morfologiya, makrokoloniyalar, PDA, Aspergillus, Penicillium, Cladosporium, Alternaria.

Mualliflar

Ushbu maqolada Ginkgo biloba L. dorivor oʻsimligining barglari va poyasidan Aspergillus, Penicillium, Cladosporium va
Alternaria avlodlariga mansub 15ta endofit zamburugʻ izolyatlari ajratib olingan va ularning makrokoloniyalarining morfologik
xususiyatlari oʻrganilgan. Oʻsimlik namunalariga sirt sterilizatsiyasi oʻtkazilib, 28 °C da 7 kun davomida kartoshka-dekstroza agarli
ozuqa muhitida (PDA) inkubatsiya qilingan. Koloniyalarning shakli, rangi, tuzilishi, pigmentatsiyasi va oʻsish tezligi batafsil
tavsiflangan. Tanlab olingan endofit zamburugʻlarning morfologik xilma-xilligi va oʻsimlik toʻqimalariga moslashuvi koʻrsatilgan.
Ushbu tadqiqot ishi Ginkgo bilobadan ajratilgan endofit zamburugʻlarini morfologik jihatdan aniqlashda muhim bosqich ekanini
tasdiqlaydi hamda ularning biotexnologik qoʻllanmalari uchun asos yaratadi.