Tabiiy fanlar

O‘zMU BOTANIKA BOG‘I SHAROITIDA SAMBUCUS NIGRA L. O‘SIMLIGI TARKIBIDAGI AYRIM FIZIOLOGIK FAOL MODDALAR MIQDORI

introduksiya, dorivor, manzarali, karotinoidlar, vitamin C (askorbin kislota), vitamin P, vitamin B 2, vitamin K.

Mualliflar

Ushbu maqolada O‘zbekiston Milliy Universiteti Botanika bog‘ida o‘rganilayotgan Sambucus nigra L. o‘simligining o‘sishi,
rivojlanishi jarayonida ayrim fiziologik faol moddalar miqdori aniqlangan: Qora marjon daraxti tarkibidagi karotinoidlar tarkibi va
miqdori YUSSH - yuqori samarali suyuqlik hromatografiya analizi yordamida o‘rganilgan. Shuningdek, Sambucus nigra L
o‘simligi yer ustki qismida uchraydigan vitaminlarning asosiy ulushi suvda eruvchi vitaminlar guruhiga tegishli bo‘lib, miqdor
jihatidan bu vitaminlarning asosiy qismi vitamin C (askorbin kislotasi) hamda vitamin P ekanligi aniqlangan. Vitamin - B 2 va
Vitamin – K larning ham miqdori sezilarli darajada yuqori ekanligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.