Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA ROSSIYA FEDERATSIYASI O‘RTASIDAGI OLIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Oliy ta’lim, modernizatsiya, xalqaro hamkorlik, xorijiy filiallar, qo‘shma dastur, kadrlar tayyorlash, ta’lim sifati, ilmiy-pedagogik kadrlar

Mualliflar

Maqolada Yangi O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim va malakali kadrlar tayyorlashdagi hamkorligini kengayib borishi, uning tendensiyalari va Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarining zamon talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlashdagi ishtiroki ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyoti ehtiyojlari uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlari bilan birgalikda qo‘shma dasturlar, fakultet va kafedralar faoliyati asosida talabalarni o‘qitish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish masalalari yoritilgan.