Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTON HUDUDIDAN TOPILGAN QADIMGI SHARQ MADANIYATLARIGA OID MANBALAR.

Qadimgi Sharq, Mesopotamiya, Eron, Xarappa madaniyati, O‘rta Osiyo, lazurit, xlorid tosh, argelit, fayans, fil suyagi, Tepe Yaxya, Shahri So‘hta, arxeologik topilmalar, madaniy aloqalar, bronza davri, savdo yo‘llari.

Mualliflar

Ushbu maqolada O‘zbekiston va unga qo‘shni hududlardan topilgan Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari – Mesopotamiya, Eron va Xarappa madaniyatlariga xos ashyoviy manbalar yoritilgan. Arxeologik topilmalar tarkibidagi mineral va xomashyo turlari (lazurit, xlorid tosh, argelit, alebastr, fayans, fil suyagi va boshqalar) ularning kelib chiqishi va tarqalish geografiyasi asosida tahlil qilingan. Tepe Yaxyo, Shahri So‘hta, Asmara, Jamdet Nasr, Xarappa va Mesopotamiya shaharlari bilan O‘rta Osiyo hududlari o‘rtasida miloddan avvalgi III–II ming yilliklarda mavjud bo‘lgan madaniy va savdo aloqalari ashyoviy dalillar asosida ochib berilgan. Maqolada Farg‘ona, Zarafshon va Toshkent vohalaridan topilgan topilmalarning texnologik va stilistik jihatlari qiyosiy o‘rganilib, ularning Qadimgi Sharqning “birinchi sivilizatsiya” aholisi bilan bog‘liqlik darajasi aniqlangan. Umuman, tadqiqot O‘rta Osiyo hududlarining qadim sivilizatsiyalar bilan erta davrlardayoq bog‘lanishini isbotlaydigan muhim materiallar asosida xalqaro madaniy munosabatlarning ilk shakllari haqida xulosa beradi.