SIROJIDDIN SAYYID IJODIDA TALMEH SAN’ATINING AKS ETISHI
##submission.downloads##
Mazkur ilmiy maqolada talmeh she’riy san’atining shoir poetik olamining aks ettishidagi ahamiyati, jumladan, Sirojiddin Sayyid ijodida tutgan o‘rni haqida fikr yuritilgan. SHe’riy san’atlar obrazlar yaratishda, she’rning badiiy quvvatini oshirishda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har qanday she’riy asarda she’r san’atlarning u yoki bu turini uchratish mumkin. Ba’zi bir asarlarda esa bir baytning o‘zida bir necha she’riy san’at turlarning ketma-ket ravishda kelganligining ham guvohi bo‘lamiz. Mumtoz she’riyatda qo‘llanilgan she’riy san’atlarning juda ko‘p turlari bugungi zamonaviy she’riyatda ham qo‘llanilib kelinmoqda. Ba’zi bir she’riy san’atlarni, jumladan, arab alifbosi bilan bog‘liqlarini bugungi she’riyatda deyarli uchratmaymiz. Sababi bu arab alifbosining iste’molda emasligi bilan bog‘liq. Talmeh she’riy san’ati bugungi o‘zbek she’riyatida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelmoqda. SHe’riy san’atlardan nechog‘lik foydalanish shoir mahoratiga bog‘liq.
1. Асаллайев A. ва бошқ. Бадиий санъат жозибаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. – 28 б.
2. Сирожиддин Саййид. Асарлар. I жилд. Шеърлар. Достонлар. Насрий оҳангларда. – Тошкент: Шарқ, 2018. – 480 б.
3. Ғаниев И., Афоқова Н. Абдулла Ориф фалсафаси. – Тошкент: Муҳаррир, 2021. – 308 б.
4. Сирожиддин Саййид. Асарлар. III жилд. Шеърлар. Достонлар. Ғазал дафтари. Насрий оҳангларда. – Тошкент: Шарқ, 2019. – 576 б.
5. Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. – Тошкент: Фан, 2004. – 128 б.
6. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002.– 560 б.
Mulkiiyat (c) 2025 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..


.jpg)

.png)






