Ijtimoiy-gumanitar fanlar

LISONIY OBRAZ TUSHUNCHASINING FUNKTSIONAL VAZIFALARI TAVSIFI VA TASNIFI

Kognitiv model, semantik maydon, mental mohiyat, perseptiv asos, statik obraz, freym, lisoniy obraz, vizual xususiyat, obrazlar tipologiyasi, lingvoimagologiya, lisoniy stereotiplar, mamlakat obrazi, individual tasavvur

Mualliflar

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikning turli sohalarida obraz tushunchasining qo‘llanilishi, talqin qilinishi, uning tadqiqotlarda obyekt sifatida belgilanishi, komponentlari, tavsifi hamda boshqa funksional vazifalari muhokama qilinadi. Maqola turli jahon olimlarining obraz tushunchasiga bergan ta’rifi hamda taqdim etgan tavsiflarini ham tahlil qiladi. Obrazning u yoki bu hudud, obyekt, predmet asosida shakllanadigan xususiyatlari izohlar bilan sharhlanadi. Obraz tushunchasining imij konsepti bilan farqli va o‘xshash jihatlari xarakterlanadi. Maqolada obrazning turli kontekstual hamda pragmatik vazifalari ham tahlilga tortilgan. Shuningdek, jamiyat uchun obrazning muhim ahamiyati, uning shakllanish jarayoni tasvirlangan.