Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MIRZO BEDILNING FALSAFIY VA TASAVVUFIY G‘OYALARINI SHAKLLANISHIDA ADABIYOT, TIL VA USLUB MASALALARI

Mirzo Bedil, falsafiy g‘oyalar, tasavvuf, adabiyot, til, uslub, lingvopoetika, metafora, Sharq mumtoz adabiyoti, ma’naviy meros, estetik qarashlar.

Mualliflar

  • Jamshid TAVMURADOV Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi o‘qituvchisiv, Uzbekistan

Ushbu maqolada Mirzo Bedilning falsafiy va tasavvufiy qarashlari shakllanishida adabiyot, til va uslub omillarining tutgan o‘rni
ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Bedil ijodida mavjud bo‘lgan metafizik g‘oyalar, borliq va inson mohiyati haqidagi
mulohazalar, shuningdek, tasavvufiy mazmundagi timsollarni ifodalashda badiiy tilning o‘ziga xos konstruksiyalari yorqin
ko‘rinishda namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Maqolada shoirning til boyligi, metaforik tafakkuri hamda hind–musulmon madaniy
merosi bilan uyg‘unlashgan uslubiy xususiyatlari uning falsafiy qarashlar tizimini shakllantirgan poydevor sifatida yoritiladi.
Shuningdek, Bedil asarlarida adabiyotning estetik funksiyalari bilan tasavvufiy didaktikaning uyg‘unlashuvi, ma’naviy-ma’rifiy
konsepsiyalarni ifoda etishdagi lingvopoetik mexanizmlar tadqiq qilinadi. Olingan ilmiy natijalar Bedil merosi va Sharq falsafasi
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglashga yordam berishi bilan birga, adabiy til va uslubning tasavvuf falsafasi shakllanishidagi
ahamiyatini ochib beradi.