Ijtimoiy-gumanitar fanlar

HOJIB TOSH FAOLIYATINING TARIXIY MANBALARDAGI TALQINI

Somoniylar, turkiy hojib, Abul Abbos Tosh, Foiq al Xossa, Utbiy, Husamuddavla, simjuriylar, Xuroson, Jurjon, Nishopur, harbiy elita, sipohsolor, g‘ulom, siyosiy inqiroz, siyosiy raqib, IX–X asrlar

Mualliflar

Maqolada Somoniylar davlatining X asr oxiridagi siyosiy jarayonlari fonida turkiy kelib chiqishga mansub harbiy arbob — Hojib Toshning siyosiy va harbiy faoliyati tahlil qilingan. Tadqiqot Toshning saroyga kirib kelishi, sipohsolorlikka ko‘tarilishi, Xurosondagi islohotlari hamda Simjuriylar va Foiq bilan munosabatlari yuzasidan ilk manbalar asosida olib boriladi. Maqola Hojib Tosh faoliyatining Somoniylar davridagi harbiy-boshqaruv tizimi, turkiy g‘ulomlar elitasi o‘rni va davlatning siyosiy parokandaligi jarayoniga ta’sirini ilmiy jihatdan asoslaydi.