Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MEDIATEXNOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA LINGVISTIK KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI

Mediatexnologiya, innovatsion metodika, lingvistik kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, multimodal ta’lim, mediaresurslar, raqamli pedagogika, interfaol platformalar, til o‘qitish texnologiyalari, media-savodxonlik, til ko‘nikmalari, bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlovi, raqamli ta’lim muhit, didaktik yondashuv

Mualliflar

Ushbu maqolada mediatexnologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning innovatsion metodikasi ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli media vositalari, interfaol platformalar, multimodal resurslar va moslashuvchan o‘quv muhiti orqali talabalarning til kompetensiyalarini kompleks shakllantirish mexanizmlari yoritiladi. Mediatexnologiyalar ta’lim jarayonida kommunikativ, nutqiy, leksik-grammatik, pragmatik va madaniy-lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, innovatsion metodikaning didaktik asoslari, o‘qitish jarayonidagi algoritmik bosqichlar, refleksiv tahlil usullari hamda mediaresurslardan pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan foydalanish shart-sharoitlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarda lingvistik kompetensiyalarni barqaror rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va media-savodxonlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.