Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OGAHIY TARIXIY NASRIDA FE’L SINONIMIYASINING LINGVOSTILISTIK AHAMIYATI

Ogahiy, fe’l, sinonimiya, badiiy uslub, tarixiy nasr, lingvostilistika, qo‘shma fe’l.

Mualliflar

Ushbu maqolada Muhammad Rizo Ogahiy tarixiy nasrida fe’l sinonimiyasining lingvostilistik jihatlari tahlil etilgan. Muallif
tomonidan Ogahiy asarlarida uchraydigan fe’llar sinonimik qatorlari, ularning ma’no nozikliklari, uslubiy xususiyatlari hamda
badiiy funksiyasi ilmiy asosda o‘rganilgan. Maqolada Ogahiy tili uchun xos bo‘lgan sinonimik qo‘shma fe’llar, ularning tarixiy
kontekstdagi qo‘llanilishi hamda tasviriy vosita sifatidagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, fe’l
sinonimiyasi Ogahiy nasrida tarixiy voqelikni yanada ta’sirchan va obrazli ifodalash imkonini bergan.