Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IJTIMOIY MUNOSABAT FE’LLARINING STRUKTUR-SEMANTIK TAHLILI (INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI MISOLIDA)

Sintaktik-semantik tahlil, mayl va zamon kategoriyasi, struktur-semantik jarayon, ijtimoiy munosabat fe’llarining leksik-semantik guruhlari.

Mualliflar

Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillaridagi ijtimoiy munosabat fe’llarining struktur-semantik xususiyatlari qiyosiy-tahliliy
yondashuv asosida oʻrganilgan. Unda asosan fe’llarning morfologik tuzilishi, sintaktik funksiyalari hamda semantik toifalarini
tahlil qilish orqali ular orqali ifodalanadigan ijtimoiy munosabatlar — hurmat, itoatkorlik, buyruq, murojaat, minnatdorchilik kabi
nutq aktlarini ifodalashdagi oʻxshash va farqli jihatlari yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada ijtimoiy kontekstda fe’llarning
ma’no doirasiga ta’siri, har ikki tildagi milliy-madaniy omillar bilan bogʻliqligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari tarjima
nazariyasi, pragmalingvistika va til oʻqitish jarayonlari uchun amaliy ahamiyatga ega.