Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SUN’IY INTELLEKT VA SAVOL GENERATSIYASI TEXNOLOGIYALARI

sun’iy intellekt, Alan Turing, savol generatsiyasi, tabiiy tilni qayta ishlash, multimodal model, semantika, QG texnologiyalari.

Mualliflar

Maqolada sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga kirib kelishi va ayniqsa savol generatsiyasi texnologiyalarining rivojlanishi
yoritilgan. QG tizimlarining asosiy turlari, ularning ishlash tamoyillari hamda yirik til modellari (GPT, LLaMA, T5) ning savol
yaratishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, multimodal yondashuvlar va kontekstni chuqur anglashga asoslangan metodlar
zamonaviy QGning asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot davomida semantik noaniqlik, gallyutsinatsiya va til
resurslarining yetishmasligi kabi muammolar ham qayd etilgan. Yakuniy xulosalarda savol generatsiyasini takomillashtirish va uni
ta’lim jarayonlariga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.