Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH FENOMENINING FALSAFIY-KONTSEPTUAL TAHLILI

milliy o‘zlik, milliy ong, milliy g‘urur, milliy qadriyatlar, identiklik, essentsializm, konstruktivizm, instrumentalizm, globallashuv.

Mualliflar

Maqolada milliy o‘zlikni anglash fenomenining falsafiy-kontseptual mohiyati tahlil etilgan. Milliy o‘zlikni anglash tushunchasining turli falsafiy yondashuvlar asosida qanday talqin etilishi, uning asosiy xususiyatlari, shakllanish omillari va mexanizmlari ochib berilgan. Milliy o‘zlik tushunchasi tarixiy rivojlanish jarayonida turli faylasuflar tomonidan qanday talqin etilganligi va zamonaviy globallashuv sharoitida qanday ahamiyat kasb etayotgani ko‘rsatilgan. Essentsialistik, konstruktivistik va instrumentalistik yondashuvlar orqali milliy o‘zlikni anglash jarayonining falsafiy tabiati tahlil etilgan.