Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TАLАBАLАRNI NEYROTАRMOQ MODELI АSOSIDА OʿQITISHNING DIDAKTIK TIZIMI

Neyrotarmoq, sun’iy intellekt, ta’lim tizimi, raqamli pedagogika, adaptiv o‘qitish, avtomatik baholash, individuallashtirilgan ta’lim, o‘quv jarayoni optimallashtirish.

Mualliflar

  • Anorgul ASHIROVA Ma’mun universiteti Aniq fanlar kafedrasi pedagogika fanlari nomzodi, professori v.b. , Uzbekistan

Ushbu maqolada talabalarni o‘qitish jarayoniga neyrotarmoq modellari va sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritiladi. Tadqiqotda o‘quv jarayonini individuallashtirish, talabalarning bilim darajasini avtomatik baholash, o‘quv materiallarini moslashtirish va samaradorlikni oshirishda sun’iy neyron tarmoqlarning roli tahlil qilinadi. Taklif etilgan neyrotarmoq asosidagi o‘qitish tizimi talabalarning o‘quv faoliyatini real vaqt rejimida monitoring qilish, bilim bo‘shliqlarini aniqlash va shaxsiy ta’lim yo‘l xaritasini shakllantirish imkonini beradi.