Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIL O‘YINLARI VA “MEN” TUSHUNCHASINING GRAMMATIK ILLYUZIYASI: D. YUMDAN L. VITGENSHTEYNGACHA BO‘LGAN GNOSEOLOGIK EVOLYUTSIYA

Devid Yum, Lyudvig Vitgenshteyn, analitik falsafa, “Men” fenomeni, til o‘yinlari, substansiya, grammatik illyuziya, introspeksiya, idroklar bog‘lami.

Mualliflar

  • Xurshida ASHUROVA SamDCHTI “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi v.b. professori , Uzbekistan

Ushbu maqola shaxsiy identifikatsiya va “Men” fenomenini an’anaviy ontologik yondashuvdan farqli o‘laroq, lingvistik va gnoseologik tahlil obyekti sifatida o‘rganadi. Tadqiqotning markaziy nuqtasi – Devid Yumning empirik skeptitsizmi va uning XXasr analitik falsafasi, xususan, Lyudvig Vitgenshteynning “til o‘yinlari” nazariyasiga ta’siridir. Maqolada “Men” (Self) tushunchasi real mavjud substansiya emas, balki til qoidalaridan kelib chiquvchi grammatik odat ekanligi asoslanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, insonning o‘zligini anglashi ichki ruhiy jarayon emas, balki ijtimoiy-lingvistik amaliyotning mahsulidir.