Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BABELNET: KO‘P MANBALI SEMANTIK TARMOQ

BabelNet, semantik tarmoq, leksik-semantik model, sinset, ontologiya, Wikipedia integratsiyasi, WordNet, semantik relatsiyalar, mashina tarjimasi, WSD, NLP, konseptual modellashtirish, ko‘p manbali integratsiya.

Mualliflar

Maqolada BabelNetning ko‘p manbali integratsiyaga asoslangan ko‘ptilli leksik-semantik tarmoq sifatidagi arxitekturasi va sinset
modeli tahlil qilinadi. WordNet, Wikipedia, Wikidata kabi resurslar bilan avtomatik bog‘lanish jarayoni hamda konseptlar va
nomlangan obyektlarning shakllanish mexanizmi yoritiladi. Shuningdek, turkiy tillar, xususan o‘zbek tilining BabelNet tarkibiga
kiritilishi va uning semantik tizimdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari BabelNetning global semantik infratuzilma
sifatidagi roli va ko‘p tilli NLP tizimlarida qo‘llanish imkoniyatlarini ochib beradi.