Ijtimoiy-gumanitar fanlar

CHO‘LI BEGIMQULOV – QASHQADARYO MIROBLARI OTASI

Cho‘li Begimqulov, Dasht qishlog‘i, mirob, irrigatsiya tarixi, suv ta’minoti, bunyodkorlik, halollik, fidoyilik, sovet davri tekshiruvlari, chorvachilik rivoji, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy taraqqiyot

Mualliflar

Ushbu maqola Dasht qishlog‘i irrigatsiya tarixida Cho‘li Begimqulovning tutgan o‘rni va uning mintaqa rivojiga qo‘shgan amaliy hissasini ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqotda Begimqulovning miroblik faoliyati, suv taqsimoti va sug‘orish inshootlarini barpo etishdagi tashabbuslari, shuningdek, qishloqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari yoritiladi. Muallif Begimqulovning halollik, fidoyilik, sadoqat kabi insoniy fazilatlari bilan bir qatorda, yoshlarni ilmli qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini ham tarixiy manbalar asosida ochib beradi. Maqolada Cho‘li Begimqulovning Dasht qishlog‘iga suv keltirish, klub va choyxona qurdirish, chorvadorlar uchun qo‘tonlar barpo etish, Novur va Saksandara qishloqlarida chorva sonini keskin oshirish kabi tashabbuslari alohida tahlil qilinadi.