Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘RTA OSIYO XONLIKLARIDA AGRAR SIYOSAT: BUXORO XONLIGI MISOLIDA

Qoradaryo, amiriy yerlar, kazna yerlar, qo‘sh.

Mualliflar

Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xonliklarida, xususan, Buxoro xonligida agrar siyosatning shakllanishi, amalga oshirish mexanizmlari va uning jamiyat hayotiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida agrar munosabatlarning huquqiy asoslari, yer egaligi shakllari, yer-suv resurslarini boshqarish tizimi hamda sug‘orma dehqonchilikning rivojiga ta’sir ko‘rsatgan omillar o‘rganildi. Maqolada davlatning yer taqsimoti, mulozimlar faoliyati, bekliklar boshqaruv tizimi va mahalliy aholi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar manbashunoslik materiallari asosida yoritilgan. Mazkur maqola Buxoro xonligidagi agrar boshqaruv tizimi tarixini chuqur o‘rganishga xizmat qiluvchi ilmiy xulosalar bilan ahamiyatlidir