Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NOGIRONLIGI BOR SHAXSLAR ISTIQOMAT QILAYOTGAN OILALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Oila, oila shakllari, nogironlik, nogironligi bor shaxs istiqomat qilayotgan oila, nogironligi bor farzand, nogironligi bor farzandni tarbiyalayotgan oila, turmush qurish, farzand tarbiyasi, nogironligi bor bola, individual yondashuv, muloqot, ijtimoiy ish, ijtimoiy ish texnologiyalari

Mualliflar

Bugungi kunda jahonda nogironligi bor shaxslarni turmush sifatini oshirish jarayonlarida ularni oilalarda istiqomat qilishi, oila qurishda teng imkoniyatlarni ta’minlanishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aynan shundan kelib chiqib, jahonning yirik tadqiqot markazlari tomonidan bu borada ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi nogironligi bor shaxslarning oilalarda istiqomat qilish jarayonlarida yuzaga kelayotgan to‘siqlar va ularni yechimini tahlil qilishdan iborat. Mazkur maqolada muallif Sharq mutafakkirlarining oila instituti borasidagi ta’limotlari, nogironligi bor shaxslar istiqomat qilayotgan oilalarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, nogironligi bor farzandni parvarish qilayotgan oilalarning muammolari va yechimlarini ochib berilgan. Maqolada nogironligi bor shaxslar istiqomat qilayotgan oilalarning turmush sifatini oshirish jarayonlarida professional yondashuvning ahamiyati muhimligi muallif tomonidan asoslab berilgan.