Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IMOM AL-BUXORIY MEROSI MADANIY KAPITAL NAZARIYASI KONTEKSTIDA

Imom al-Buxoriy, hadislar, madaniy kapital, ratsional tafakkur, ijtimoiy me’yorlar, normativ tizim, sotsiologik tahlil, diniy institutlar, axloqiy sanksiyalar, ijtimoiy barqarorlik

Mualliflar

  • Xusan AKRAMOV O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi dotsenti, PhD, Uzbekistan

Mazkur maqolada Imom al-Buxoriy merosi zamonaviy sotsiologik paradigma — Pierre Bourdieu tomonidan ishlab chiqilgan madaniy kapital nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Imom al-Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati sabab–oqibat metodologiyasi, normativ–institutsional va diskursiv yondashuvlar orqali o‘rganilgan. Hadislar diniy manba sifatidagina emas, balki jamiyatda ijtimoiy me’yorlar, axloqiy qadriyatlar va sanksiyalarni legitimlashtiruvchi institut sifatida talqin etiladi. Madaniy kapitalning inkorporatsiyalashgan, obyektivlashgan va institutsionallashgan shakllari Imom al-Buxoriy faoliyati misolida ochib beriladi. Tadqiqot natijalari hadislarning ratsional tafakkur, ijtimoiy barqarorlik va madaniy integratsiyani ta’minlovchi sotsiokultural mexanizm ekanini asoslaydi.