Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIBBIY TA’LIMDA RAQAMLASHTIRILGAN TA’LIM MUHITI SHAROITIDA BO‘LAJAK SHIFOKORLARDA KLINIK FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Klinik fikrlash, raqamlashtirilgan ta’lim muhiti, simulyatsiya texnologiyalari, virtual bemor, VR/AR, AIdiagnostika, tibbiy pedagogika.

Mualliflar

Maqolada tibbiy ta’limda raqamlashtirilgan ta’lim muhiti va simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanishning bo‘lajak shifokorlarda klinik fikrlash, tahliliy yondashuv va qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirishdagi pedagogik asoslari ilmiy jihatdan yoritiladi. Klinika oldi bosqichlarda VR/AR, virtual bemor simulyatorlari, elektron klinik stsenariylar, sun’iy intellektga asoslangan diagnostik platformalar orqali klinik fikrlash modelining shakllanishi, bosqichlari va dinamikasi chuqur o‘rganilgan. Tadqiqotda diagnostik testlar, pedagogik kuzatuv, tajriba-nazorat eksperimentlari va statistik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijalar raqamlashtirilgan ta’lim muhiti klinik fikrlashning kognitiv, operatsion va refleksiv komponentlarini sezilarli darajada kuchaytirishini ko‘rsatdi