Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY TA’LIM SHAROITIDA TEXNIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION METODLARI

Texnik tafakkur, innovatsion metodlar, zamonaviy ta’lim, pedagogik texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuv, muammoli ta’lim, loyihaviy o‘qitish, raqamli ta’lim, interaktiv metodlar, kreativ fikrlash

Mualliflar

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida texnik tafakkurni rivojlantirishda innovatsion pedagogik metodlarning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Texnik tafakkur shaxsning muammoli vaziyatlarni tahliliy va tanqidiy fikrlash asosida baholash, texnologik jarayonlarni chuqur anglash, yangi va samarali yechimlar ishlab chiqish hamda ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Maqolada loyihaviy ta’lim, muammoli o‘qitish, raqamli ta’lim platformalari, interaktiv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan metodlarning texnik tafakkur kompetensiyasini shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion metodlardan foydalanish jarayonida talabalarda kreativlik, mustaqil qaror qabul qilish, mantiqiy fikrlash va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarining rivojlanishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari innovatsion ta’lim muhiti texnik tafakkurni rivojlantirishning muhim sharti ekanini ko‘rsatadi hamda ta’lim amaliyotiga joriy etish uchun metodik tavsiyalar beradi.