Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTON DAVLAT KOMMUNIKATSIYA SIYOSATINING ZAMONAVIY MODELI

Davlat kommunikatsiyasi, davlat mediasi, fuqarolar ishtiroki, dezinformatsiya, mediasavodxonlik, ommaviy boshqaruv, raqamli transformatsiya, O‘zbekiston

Mualliflar

  • Shahobjon KUBATOV O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti katta o‘qituvchisi, Falsafa fanlari doktori, Uzbekistan

Maqola davlat ommaviy axborot vositalarining roli, fuqarolarning ishtiroki va dezinformatsiyaga qarshi kurashish masalalariga e’tibor qaratgan holda davlat kommunikatsiya siyosatining zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot xalqaro tajribani o‘rganadi, eng yaxshi amaliyotlarni aniqlaydi va ularni O‘zbekiston sharoitida moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Maqolada davlat ommaviy axborot vositalari kontentining sifati, raqamli platformalar orqali fuqarolarni jalb qilish mexanizmlari, shuningdek, mediasavodxonlik va axborot makonining barqarorligini oshirish strategiyalari tizimli tahlil qilingan.