Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XIX ASR AMERIKA SAYOHAT ADABIYOTIDA MAKON, HARAKAT VA SUBYEKTIVLIK

Sayohat adabiyoti, transport vositalari, hikoya dinamikasi, makon idroki, narrativ ritm, subyektivlik, modernizatsiya, frontir tajribasi, estetik idrok.

Mualliflar

Mazkur maqolada XIX asr Amerika sayohat adabiyotida transport vositalarining badiiy va narrativ funksiyalari tahlil qilinadi.
Maqola Mark Tven va Genri Jeyms asarlari misolida paroxod, poezd, arava va dengiz kemalarining hikoya dinamikasi, makon
tasviri hamda subyektiv idrok shakllanishiga ko‘rsatgan ta’sirini yoritishga qaratilgan. Sifat tahliliga asoslangan
adabiyotshunoslik metodlari yordamida transport vositalarining estetik, strukturaviy va ramziy ahamiyati aniqlanadi. Harakat
vositalari XIX asr Amerika sayohat adabiyotida oddiy texnik unsur emas, balki narrativ ritmni belgilovchi va muallif nigohini
shakllantiruvchi markaziy poetik mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu yondashuv sayohat adabiyotini makon, harakat va
o‘zlikni anglash jarayonlari bilan uzviy bog‘liq murakkab madaniy hodisa sifatida qayta talqin qilish imkonini beradi