Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TURKISTON VILOYATIDAGI POLYAKLARNING KONFESSIONAL HAYOTI VA XAYRIYA FAOLIYATLARI (XIX – ASR OХIRLARI – XX – ASR BOSHLARI)

polyaklar, katoliklar, konfessiyaviy hayot, Turkiston, xayriya, cherkov, diaspora.

Mualliflar

Maqola Turkistondagi polyaklarning konfessiyaviy hayoti va xayriya faoliyatiga bag‘ishlangan. Polyaklar harbiy ofitserlar,
askarlar va amaldorlar sifatida XIX asrda Rossiya imperiyasi tomonidan o‘rta Osiyo bosib olingandan va qo‘shilgandan so‘ng
Turkistonda paydo bo‘lgan. Keyinchalik turli mutaxassislar ham mintaqaga kela boshladilar: o‘qituvchilar, muhandislar, yuristlar,
agronomlar va boshqalar. shunday qilib, polyaklardan tashqari, oz sonli litvaliklar, latviyaliklar, nemislar va boshqalarni o‘z ichiga
olgan juda katta katolik jamoasi paydo bo‘ldi.