Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARDA DINIY FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK ASOSLARI

Diniy frazeologizm, frazeologik birlik, semantik asos, qiyosiy tahlil, lingvokulturologiya, diniy semantika, metaforik ma’no, konnotativ ma’no, frazeologik motivatsiya, diniy konsept, madaniy kod, til va din munosabati, frazeologik tizim, tarjima muammolari, milliy mentalitet.

Mualliflar

Mazkur maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi diniy frazeologizmlarning semantik asoslari qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi.
Tadqiqot jarayonida diniy frazeologik birliklarning shakllanish manbalari, ularning denotativ va konnotativ ma’nolari,
shuningdek, lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ingliz va rus tillarida diniy frazeologizmlarning asosan xristianlik
an’analari va Bibliya matnlari bilan, o‘zbek tilida esa islom dini, Qur’on oyatlari va xalq diniy tafakkuri bilan bog‘liqligi
aniqlanadi. Maqolada diniy frazeologizmlarning semantik motivatsiyasi, metaforik va ramziy tabiatiga alohida e’tibor qaratilib,
har uch til materiallari asosida qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalari frazeologiya, lingvokulturologiya va
tarjimashunoslik sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega