Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK MADANIYATLARIDA AYOL OBRAZINING LINGVOMADANIY MODELI

Ayol obrazi, lingvokulturologiya, qiyosiy tahlil, ingliz va o‘zbek tillari, milliy mentalitet, frazeologizm, metafora, madaniy qadriyatlar, gender stereotiplari, ona konsepti, individualizm

Mualliflar

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ayol obrazining lingvomadaniy modeli qiyosiy va tizimli tahlil asosida yoritiladi.
Tadqiqot jarayonida ayol obrazining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy, diniy, ijtimoiy, madaniy hamda
psixologik omillar keng ko‘lamda ko‘rib chiqiladi. Ingliz va o‘zbek madaniyatlariga xos lingvistik birliklar — frazeologizmlar,
metaforalar, darajalash iboralari, zamonaviy konseptlar asosida ayol haqidagi tasavvurlar tahlil qilinadi. Maqolada ingliz
madaniyatida ayol obrazining individualizm, shaxsiy mustaqillik, ijtimoiy faollik va kasbiy o‘zini namoyon etish bilan bog‘liq
jihatlari, o‘zbek madaniyatida esa ayolning ona, oila va jamiyatning ma’naviy tayanchi sifatidagi talqini ochib beriladi.