Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY O‘ZBEK HIKOYALARI VA IJODKOR KONSEPSIYASINING O‘RGANILISHIGA DOIR

Axloqiy nuqson, oppozitsiya, Freyd ta’limoti, “Edip kompleksi”, repressiv kuch, ma’naviy antropologiya.

Mualliflar

G‘arb ma’naviyati va adabiyotida yuz bergan ruhiy-falsafiy inqirozni ikki asosiy intellektual manba bilan bog‘lab talqin qilish
mumkin. Bular: Fridrix Nitsshe falsafasi va Zigmund Freyd psixoanalitik ta’limoti. Ushbu ikki tendensiyani nafaqat individual
nazariy qarashlar, balki butun bir sivilizatsion ongni shakllantirgan madaniy paradigma sifatida baholaydi. Birinchi omil sifatida
Nitsshe qarashlariga murojaat qilinishi bejiz emas. Nitsshe klassik axloqiy metafizikani rad etib, xristian axloqini “zaiflar axloqi”
sifatida talqin qiladi va inson tabiatidagi kuch, iroda hamda zo‘ravonlik unsurlarini ontologik zarurat darajasiga ko‘taradi