Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ TILI NEOLOGIZMLARIGA YANGICHA NIGOH

neologizmlar, lingvistik evolyutsiya, globalizatsiya, media savodxonligi, media xabarlar, sotsio-madaniyat, kognitiv lingvistika va neologizmlar.

Mualliflar

  • Bahodir JALILOV, Buxoro davlat universiteti doktoranti, Buxoro davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, Uzbekistan

Til tirik organizmga o‘xshaydi, u doimo o‘sib, o‘zgarib boradi va neologizmlar go‘yoki uning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari misoli yangi o‘ylab topilgan so‘z va iboralar bo‘lib, ular ingliz tilini yanada jonli va dolzarb qiladi. Ushbu maqolada biz neologizmlar olamiga kirib boramiz va ular nima uchun sizu bizdek oddiy ingliz tilida muloqot qiluvchilar uchun qanchalik muhim ekanligini bilib olamiz. Ular dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni – yangi texnologiyalarni, tendensiyalarni va madaniy siljishlarni aks ettiradi. Biroq bu shunchaki zamonaviy mozlargina emas; ular jamiyatimizning kichkina ijodkorlik va moslashuvchanlik xususiyatining namoyishidir. Ushbu maqolamizda biz neologizmlar qayerdan olinishini, qanday qilib tarqalishini va nima sababdan muhim ekanligini ko‘rib chiqamiz. Va ularning qanday qilib bizning gapirish va fikrlash qobiliyatimizni shakllantirishi, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan olamda o‘z-o‘zimizni ifodalashimizda yordam berishini ko‘ramiz.