Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOY OBRAZINING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI GENEZISI VA EVOLUTSIYASI

Obrazi, adabiyotshunoslik, genezis, evolutsiya, ijtimoiy tengsizlik, axloqiy baho, realizm, jadid adabiyoti, milliy adabiyot

Mualliflar

Ushbu maqolada boy obrazining adabiyotshunoslikdagi genezisi va evolutsiyasi tarixiy-tipologik hamda qiyosiy-adabiy
yondashuvlar asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotda boy obrazi turli adabiy davrlarda qanday estetik, semantik va ijtimoiy
funksiyalarni bajargani aniqlanadi. Antik davrdan to postmodern adabiyotgacha bo‘lgan jarayonda boy obrazining axloqiy
bahosi, ijtimoiy mohiyati va badiiy vazifalaridagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotida boy obrazining
jadidchilik, realizm, sovet davri va mustaqillik davridagi talqinlari tarixiy-madaniy kontekstda yoritiladi. Tadqiqot natijalari boy
obrazining milliy adabiyotda mutlaq iqtisodiy kategoriya emas, balki ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy boy mezonlar asosida
shakllangan murakkab badiiy fenomen ekanini ko‘rsatadi.