Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA AYOLLAR BILAN BOG‘LIQ GENDERGA YO‘NALTIRILGAN IBORALAR TAHLILI

O‘zbek tili, ayol obrazi, lingvokulturologiya, frazeologiya, gender stereotiplari, milliy mentalitet, o‘zbek madaniyati, xalq og‘zaki ijodi.

Mualliflar

Ushbu maqolada o‘zbek tili va o‘zbek xalqi madaniyatida ayol obrazining shakllanishi, rivoji va semantik xususiyatlari
lingvokulturologik, antropologik hamda ijtimoiy-madaniy yondashuvlar asosida keng tahlil qilinadi. Ayol obrazi o‘zbek
xalqining ko‘p asrlik tarixiy tajribasi, diniy e’tiqodlari, ma’naviy qadriyatlari, urf-odatlari va an’anaviy ijtimoiy institutlari bilan
uzviy bog‘liq holda talqin etiladi. Maqolada ayolga doir tasavvurlar til tizimida barqaror, stereotiplashgan, ammo mazmun
jihatidan nihoyatda boy va ko‘p qatlamli lisoniy birliklar orqali aks etishi asoslab beriladi