Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SAYLOV JARAYONLARIDA YOSHLAR SIYOSIY XULQ-ATVORI VA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

Yoshlar, saylov jarayoni, siyosiy madaniyat, siyosiy xulq-atvor, elektoral faollik, demokratik islohotlar, siyosiy nigilizm, fuqarolik jamiyati.

Mualliflar

  • Bekzod RASULOV Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti dotsenti, PhD, Uzbekistan

Maqolada saylov jarayonlarida yoshlarning siyosiy xulq-atvori va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning nazariy hamda amaliy
jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy sharoitda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, xususan,
siyosiy nigilizm va passivlikning sabablari yoritilgan. Shuningdek, yosh avlodning saylov tizimidagi ishtirokini rag‘batlantirish
hamda ularning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.