Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“MEHNATKASHLAR TOVUSHI” GAZETASIDA HOJI MUINNING IJTIMOIY-MA’RIFIY FAOLIYATI

Hoji Muin, jadid matbuoti, “Mehnatkashlar tovushi”, ijtimoiy-ma’rifiy faoliyat, publitsistika, “Tayoq”, G‘ozi Yunus, Saidrizo Alizoda, Sadriddin Ayniy

Mualliflar

Mazkur maqolada Samarqand jadidchilik harakatining faol namoyandasi Hoji Muinning “Mehnatkashlar tovushi” gazetasidagi
ijtimoiy-ma’rifiy faoliyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda muallifning noshir va publitsist sifatidagi faoliyati, gazeta
sahifalarida ilgari surilgan ma’rifat, ijtimoiy adolat, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyat ongini uyg‘otishga
qaratilgan g‘oyalari yoritiladi. Shuningdek, Hoji Muinning 1918 – 1921-yillar oralig‘idagi publitsistik faoliyatining jadid
matbuoti taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati ochib beriladi