Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK VA INGLIZ BADIIY MATNLARIDA PRETSEDENT BIRLIKLARNING SEMANTIK VA DISKURSIV XUSUSIYATLARI

pretsedent birliklar, badiiy diskurs, diskursiv funksiyalar, Intertekstuallik, madaniy xotira.

Mualliflar

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz badiiy diskursida pretsedentlik fenomenining semantik, diskursiv hamda intertekstual xususiyatlari kompleks lingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda pretsedent birliklarning (pretsedent nomlar, pretsedent matnlar, pretsedent vaziyatlar va pretsedent iboralar) badiiy matndagi ma’no shakllanishi, diskursiv funksiyasi va madaniy xotira bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Semantik tahlil orqali pretsedent birliklarning konnotativ, evaluativ va assotsiativ ma’no qatlamlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari pretsedentlik fenomenining o‘zbek va ingliz badiiy diskursida milliy-madaniy tafovutlar hamda umumiy tipologik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Ushbu maqola natijalari qiyosiy tilshunoslik, diskurs tahlili va madaniyatlararo kommunikatsiya tadqiqotlari uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi