Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“QIRONXON” DOSTONINING POETIK TUZILISHI

Doston, poetik tuzilish, ritm, epitet, og‘zaki an’ana, badiiy vositalar, “Qironxon”, xalq adabiyoti, takror, alliteratsiya.

Mualliflar

  • Tadjixon SABITOVA, Alfraganus universiteti professori v.b., f.f.n Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi, DSc, Uzbekistan

“Qironxon” dostonlari og‘zaki xalq adabiyoti yodgorliklaridan biri bo‘lib, o‘z davrining tarixiy, madaniy va ijtimoiy haqiqatlarini aks ettiradi. Ushbu tadqiqot dostonning poetik tuzilishini, jumladan ritmik tuzilma, band va qatorlar tartibi, epitetlar, takrorlar, alliteratsiya va boshqa badiiy vositalardan foydalanishni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda syujet chizig‘i va poetik vositalar o‘zaro ta’siri, muallifning badiiy mahorati va og‘zaki hikoya an’anasi xususiyatlari o‘rganiladi. Natijada, dostonning poetik tuzilishi uning hissiy ifodaliligi, dramatik ta’sirini kuchaytirishi va milliy identifikatsiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynashi aniqlanadi.