MARKAZIY OSIYODAGI INGLIZ MISSIYALARI

“Katta o‘yin”, ingliz tarixshunosligi, Hind imperiyasi, Qirollik mustamlaka instituti, Ost-Indiya, Viktoriya asri, Qirollik Geografiya jamiyati.

Mualliflar

  • Oybek SAYDATOV O‘zbekiston Milliy universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi tayanch doktoranti, Uzbekistan

##submission.downloads##

Jahon tarixida shunday muammolar borki, yillar davomida o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shunday muammolardan biri sifatida XIX asr o‘rtalaridan Osiyoda boshlangan ingliz-rus raqobatchiligini yaʼni “Katta o‘yin” siyosatini aytib o‘tishimiz lozim. Ushbu masala barcha yirik dunyo tarixchilari, siyosatchilari va ekspertlarining monografiyalarida, xalqaro aloqalar va diplomatiyaga bag‘ishlangan ko‘pgina darsliklar, jurnallar va gazetalarning maqolalarida o‘z aksini topgan. Dastlab ikkita imperialistik davlatlar Angliya va Rossiya o‘rtasida boshlangan  kurash jarayoni yillar davomida o‘z atrofida juda ko‘plab davlatlarni to‘pladi. Ushbu kurash maydoni Yevroosiyo mintaqasining juda katta hududlarini qamrab olib, juda murakkab bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy muammolarni keltirib chiqardi.